Huquqiy

Maxfiylik siyosati

Replivo sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni qanday himoya qilishini tushuntiradi.

Yangilangan: 2026-07-17

1. Umumiy qoidalar

Replivo ("Biz") — "Ideaunion" MChJ tomonidan boshqariladigan xizmat. Ushbu maxfiylik siyosati O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi 02.07.2019-yildagi ЎРҚ-547-sonli Qonuni (127-Q), GDPR (Yevropa foydalanuvchilari uchun) va Meta Platform, Google API, TikTok Developer siyosatlariga muvofiq.

2. To'planadigan ma'lumotlar

a) Ro'yxatdan o'tishda

  • Email manzil
  • Parol (bcrypt bilan hashlangan — biz ochiq matn ko'rmaymiz)
  • Biznes nomi (ixtiyoriy)

b) Ijtimoiy tarmoq kanallarini ulaganda

  • Kanal nomi (handle), tashqi ID (Meta Business ID, YouTube channel ID va h.k.)
  • OAuth access token va refresh token — AES-256-GCM shifrlash bilan bazada saqlanadi
  • Telegram bot token — shifrlangan holda

c) Xizmatdan foydalanishda

  • Yaratgan postlaringiz (matn, media URL, rejalashtirilgan vaqt)
  • Mijozlar bilan yozishmalar (inbox — faqat siz va sizning jamoangiz ko'radi)
  • Kontakt ma'lumotlari (mijozlar) — siz qo'lda kiritgan yoki DM orqali kelgan
  • Post metrikalari (like, comment, reach — platformadan olinadi)
  • Foydalanish loglari (log-in vaqti, oxirgi faollik, IP — 90 kun saqlanadi)

d) Avtomatik olinadigan

  • Brauzer turi, ekran o'lchami (mos ko'rinish uchun)
  • IP manzil (rate-limit va xavfsizlik uchun, 30 kun)
  • Cookie — faqat sessiya (iron-session, HttpOnly, Secure)

3. Ma'lumotlar qanday ishlatiladi

  • Xizmatni taqdim etish (post publish, inbox, AI caption)
  • Sizning ijtimoiy tarmoq kanallaringizga sizning nomingizdan post joylash (siz ruxsat bergan)
  • Xatolar va ishlash muammolarini tuzatish
  • Yangi funksiyalar va tariflar haqida email bildirish (sizning roziligingiz bilan)
  • Xavfsizlik: brute-force, spam, taqiqlangan kontent aniqlash
  • Statistika (agregat, anonim) — foydalanuvchilar sonini, faoliyatni tushunish uchun

4. Uchinchi tomon xizmatlari

Quyidagi uchinchi tomon xizmatlarini ishlatamiz:

  • Anthropic Claude — AI caption yaratish (matn Anthropic serveriga jo'natiladi)
  • Groq / OpenAI Whisper — video subtitr (audio jo'natiladi)
  • Cloudflare R2 — media (rasm, video) saqlash
  • Meta (Instagram/Facebook), Google (YouTube), TikTok, Telegram — kanal API'lari
  • Zernio.com — Instagram/FB passthrough (Meta App Review kutish paytida)
  • Payme — to'lov (karta ma'lumotlari Payme'da qoladi, biz saqlamaymiz)

Bu xizmatlar o'z maxfiylik siyosatiga ega. Ma'lumotlarni faqat kerakli minimum jo'natamiz.

5. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi

Asosiy ma'lumotlar bazasi va serverlar O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan (127-Q talab). Media fayllar (video, rasm) Cloudflare R2'da (Yevropa/Osiyo region), lekin foydalanuvchining shaxsiy identifikatori bilan bog'lanmagan holda.

Backup nusxalar shifrlangan holda 30 kun saqlanadi.

6. Ma'lumotlarni saqlash muddati

  • Akkaunt ma'lumotlari — foydalanuvchi o'chirmagunga qadar
  • Postlar va inbox xabarlari — foydalanuvchi o'chirmagunga qadar
  • OAuth tokenlar — kanal uzilguncha yoki muddati tugaguncha
  • Loglar (IP, log-in) — 90 kun
  • Backup — 30 kun
  • Bekor qilingan akkaunt — 30 kundan keyin butunlay o'chiriladi (jinoyat tekshiruvi bo'lmagan holatda)

7. Sizning huquqlaringiz

O'zbekiston 127-Q va GDPR bo'yicha sizda quyidagi huquqlar bor:

  • Kirish: ma'lumotlaringiz nusxasini so'rash (JSON eksport, sozlamalar ichida)
  • Tuzatish: noto'g'ri ma'lumotni tuzatish (sozlamalar → profil)
  • O'chirish: ma'lumotni o'chirish sahifasi orqali barcha ma'lumotlar 7 kun ichida o'chiriladi
  • Cheklash: ba'zi AI funksiyalarini o'chirib qo'yish (sozlamalar)
  • Ko'chirish: ma'lumotlaringizni JSON formatida yuklab olish va boshqa xizmatga olib o'tish
  • Shikoyat: huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz — O'zbekiston Davlat Xizmatlari agentligiga yoki bevosita bizga murojaat qiling

8. Cookie va sessiya

Faqat texnik cookie (iron-session — sessiya). Tracking cookie, reklama pixel yoki uchinchi tomon analytics YO'Q. Aniq foydalanuvchi tanib olish faqat ro'yxatdan o'tgan holda.

9. Xavfsizlik choralari

  • Parollar bcrypt bilan hashlangan (ochiq matnda saqlanmaydi)
  • OAuth va bot tokenlar AES-256-GCM shifrlash bilan
  • HTTPS/TLS 1.3 majburiy
  • Brute-force himoya (login: 5 urinish/60s)
  • Sessiya cookie: HttpOnly + Secure + SameSite=Lax
  • Har mutatsiyada rol tekshiruvi (viewer o'zgartira olmaydi)

10. Bolalar himoyasi

Xizmat 13 yoshdan katta shaxslar uchun. Ota-ona ruxsati bilan 13-18 yosh ham mumkin. 13 yoshdan kichik shaxslarning ma'lumotlarini bilib to'plamaymiz.

11. Bog'lanish

Maxfiylik masalalari: privacy@replivo.uz
Umumiy: support@replivo.uz
Ma'lumot o'chirish: /malumot-ochirish