1. Kirish
Replivo — O'zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram, Facebook, YouTube, TikTok) uchun kontent rejalash va avtomatlashtirish platformasi ("Xizmat"). Ushbu xizmat "Ideaunion" MChJ tomonidan taqdim etiladi ("Biz"/"Provayder").
Ushbu xizmatdan foydalanish orqali siz ("Foydalanuvchi") quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz. Rozi bo'lmasangiz — xizmatdan foydalanmang.
2. Akkaunt va ro'yxatdan o'tish
Xizmatdan foydalanish uchun to'g'ri email va parol bilan ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Sizning akkauntingiz xavfsizligi (parol) — sizning javobgarligingiz. Boshqa shaxsning akkauntidan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
18 yoshdan kichik shaxslar ota-onasining ruxsati bilan foydalanishlari mumkin.
3. Ijtimoiy tarmoq kanallarini ulash
Xizmat sizning ijtimoiy tarmoq akkauntlaringizga (Instagram Business, Facebook Page, YouTube kanal, TikTok, Telegram bot) OAuth 2.0 yoki bot API orqali qonuniy ruxsat bilan ulanadi. Siz faqat o'zingizga tegishli yoki sizga rasmiy ruxsat berilgan akkauntlarni ulashingiz mumkin.
Ulangan kanallar orqali chop etilgan har qanday kontent uchun to'liq javobgarlik sizga tegishli. Meta (Instagram/Facebook), Google (YouTube), TikTok, Telegram platformasi qoidalarini buzuvchi kontent yuborish taqiqlanadi.
4. Sun'iy intellekt (AI) foydalanish
Replivo xizmati AI (Claude, Groq Whisper va boshqalar) yordamida caption yaratadi, video uchun subtitr chiqaradi, mijoz xabariga avtomatik javob berishi mumkin. AI tomonidan yaratilgan kontent EU AI Act va O'zbekiston qonunlariga muvofiq belgilanadi (labelAiGenerated flag).
AI natijasi 100% aniqlikda kafolatlanmaydi — natija'ni chop etishdan oldin tekshirish sizning javobgarligingiz.
5. Taqiqlangan kontent
- Aldov, spam, boshqalar nomidan foydalanish (impersonation)
- Milliy, irqiy, diniy nafrat qo'zg'atadigan kontent
- Zo'ravonlik, terrorizm targ'iboti, ekstremistik materiallar
- Pornografiya, bolalar himoyasini buzadigan kontent
- Muallif huquqini buzuvchi materiallar (musiqa, video, rasm) — Uppbeat/Pexels/o'z lisenziyangiz bilan foydalaning
- Qonun buzadigan tovar/xizmatlarni reklama qilish (giyohvand modda, qurol, aksiz kotmagan tamaki/alkogol va h.k.)
- 127-son O'zbekiston Qonuniga zid — shaxsiy ma'lumotlarni ruxsatsiz to'plash/tarqatish
Taqiqlangan kontent aniqlansa akkauntingiz to'xtatiladi. Jiddiy holatlarda jinoiy javobgarlik maqsadida huquq-tartibot organlariga xabar berilishi mumkin.
6. To'lov va tariflar
Xizmat bepul (Free) va pullik (Basic, Pro, Business) tariflarda taqdim etiladi. Pullik tariflar Payme, Click yoki bank o'tkazmasi orqali to'lanadi. Har oyning boshida avtomatik hisob-kitob.
Tarifni istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin — tarif tugagunga qadar foydalanishingiz mumkin. Qaytarish siyosati: 7 kun ichida to'lovni qaytarishimiz mumkin (agar sabab asoslangan bo'lsa).
7. Ma'lumotlar va maxfiylik
Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz Maxfiylik siyosati bo'yicha himoyalanadi. Ijtimoiy tarmoq OAuth tokenlari bazada AES-256-GCM shifrlash bilan saqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi 127-son Qonuniga muvofiq, ma'lumotlar mahalliy serverda saqlanadi.
8. Javobgarlikni cheklash
Xizmat "as-is" holatida taqdim etiladi. Provayder xizmatning to'xtovsiz ishlashini yoki xatosizligini kafolatlamaydi. Uchinchi tomon (Meta, Google, TikTok, Telegram) API o'zgarishlari, ularning provayder tomonidan bloklash yoki cheklashlar uchun javob bermaymiz.
Har qanday holatda ham provayderning javobgarligi so'nggi oy tarif to'lovi hajmidan oshmaydi.
9. Xizmatni to'xtatish
Foydalanuvchi istalgan vaqtda akkauntini o'chirishi mumkin (sozlamalar → o'chirish yoki ma'lumotni o'chirish sahifasi orqali).
Provayder taqiqlangan kontent, spam yoki shartlarni buzganlik sabab akkauntni to'xtatish huquqiga ega.
10. O'zgarishlar
Ushbu shartlar o'zgartirilishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida email va app bildirishnomasi orqali xabar beriladi. O'zgarishlardan keyin xizmatdan foydalanishda davom etsangiz — yangi shartlarni qabul qilgan hisoblanasiz.
11. Bog'lanish
Savollar: support@replivo.uz
Telegram: @replivo_support
Ideaunion MChJ, O'zbekiston, Toshkent