1. Umumiy qoidalar
Replivo tarif obunasi oldindan to'lov asosida ishlaydi. Ushbu siyosat qaysi holatlarda pul qaytarilishi mumkinligini aniqlaydi.
2. 14 kunlik bepul sinov
Har yangi foydalanuvchi 14 kun bepul sinov davri oladi. Karta yoki to'lov ma'lumoti talab qilinmaydi. Sinov davomida to'lov undirilmaydi.
3. Pul qaytarish shartlari
3.1. To'liq qaytarish (100%)
- Birinchi to'lovdan keyingi 7 kun ichida so'ralsa
- Xizmat texnik sabab bilan 48 soatdan uzoq ishlamasa
- Sizga vada qilingan asosiy funksiya (Multi-Publisher, Kalendar) taqdim etilmasa
3.2. Qisman qaytarish (proratsion)
- Oylik yoki yillik obuna o'rtasida bekor qilinsa — qolgan kunlar uchun mablag' qaytariladi
- Yuqori tarifdan pastroqqa o'tishda — farqi kredit sifatida saqlanadi
3.3. Qaytarilmaydi
- Xizmat shartlarini buzganingiz uchun akkaunt bloklangan bo'lsa
- AI kredit (Fal.ai/Kling/Claude) sarflangan qismi
- Sotib olingan qo'shimcha kredit paketlari (nofunksional bo'lgan holatdan tashqari)
- Yillik tarifning 30 kundan keyin
4. So'rov jarayoni
- Email yoki Telegram orqali so'rov yuboring: sanjarbekotamirzayev1@gmail.com yoki @Sam1r_21bot
- Sabab yozing (majburiy — xizmatni yaxshilashga yordam beradi)
- Hisob email va to'lov ID/hisob-fakturasini kiriting
- 3 ish kuni ichida javob olasiz
- Tasdiqlangach 5-10 ish kunida to'lov manbaiga qaytariladi (Payme/Click 3-5 kun, bank 5-10 kun)
5. Yuridik shaxslar
Yuridik shaxslar bank o'tkazmasi orqali to'lagan bo'lsa — qaytarish akt asosida amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga muvofiq ish kuni hisoblanadi.
6. Payme qoidalariga muvofiqlik
Payme merchant sifatida biz Payme biznes qoidalariga to'liq amal qilamiz. Nizolar Payme yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida hal qilinadi.
7. O'zgarishlar
Bu siyosat oldindan xabar bermasdan yangilanishi mumkin. Ammo mavjud obunalar shartlari o'zgartirilmaydi — siz to'lagan paytdagi qoidalar amal qiladi.